Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Qanday qilib oilangiz bilan birga karantinda kuniga 24 soat yopiq devor ichida vaqt oʼtkazish mumkin? Ushbu maqolada sizga kichik psixologik mashqlar va oʼzaro anglash mashgʼulotlarini taklif etamiz. Ular oilangizni yanada mustahkamlaydi va oʼz-oʼzini yakkalashdan oson chiqishga koʼmak beradi.

Sir emaski, pandemiya holati hamma uchun ogʼir. Koʼp vaqtini ishxonada oʼtkazgan odam uchun uy sharoitida hammasi gʼayrioddiy boʼlishi mumkin. Eng asosiysi, oʼzingizni karantin abadiy emasligiga va faqat biroz vaqt talab qilishiga, hayot yana tez orada oʼz iziga tushib ketishiga ishontiring.

Oilada karantinda yashash ham qiyin vaziyat. Oila aʼzolarining har birida alohida xona boʼlishi, agar zarurat tugʼilsa, oʼz xonalariga kirib ketishi, naqadar yaxshi. Аmmo uy kichik boʼlsa-chi? Bu qiyin vaziyatni oʼzaro toʼgʼri tushunish bilan tuzatish kerak.

Bolalarga katta eʼtibor berishingizga ishonch hosil qiling. Ular uchun karantin stress va tartib-taomil oʼzgarishini anglatadi. Ular bularning bariga itoatsizlik, injiqlik yoki! oddiygina dangasalik bilan munosabatda boʼlishi mumkin. Bolalarga vaziyatdan oson chiqib ketishga yordam berish uchun birgalikda oʼyin-kulgi tashkil qiling. Masalan, siz ilgari oʼynagan stol oʼyinlarini oʼynang. Hammasini asta-sekinlik bilan boshlang!

Baʼzan biz yonma-yon yashayotgan odamlarimizni yaxshi bilmasligimiz natijasida ular bilan yaqinlik rishtalarini yoʼqotamiz. Bu qachondir sodir boʼladi, lekin hamma narsa, va ayniqsa bunday imkoniyat bilan karantin paytida tuzatilishi mumkin. Oila aʼzolaringiz haqida anglashilmovchilik va notoʼgʼri tushunchalardan xalos boʼlish uchun moʼljallangan oʼyin-kulgilardan foydalaning. Quyidagi oddiy psixologik mashqlar oilangizda oʼzaro munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.

 

 

 

Milliy olimiya qoʼmitasi

Olympic.uz