Free ebooks Library zlibrary project

Baʼzida his-tuygʼularga berilib ketadigan odamlarni uchratamiz. Agar bu boshqalar bilan munosabatlarga ziyon yetkazmasa, unda buning yomon tomoni yoʼq. Bordiyu vaziyat aksincha boʼlsa, unda tuygʼularni boshqarishni oʼrgangan maʼqul.

Bu masaladagi asosiy qoida: agar vaziyatni oʼzgartira olmasangiz, unda unga munosabatingizni oʼzgartiring.

Agar bundan xafa boʼlsangiz, unda quyidagi tavsiyalar siz uchun.

  1. Agar asabiylasha boshlaganingizni sezsangiz, chuqur nafas oling, qoʼl va oyoqlaringiz mushaklarini taranglashtiring, keyin darhol nafas oling va boʼshashib tinchlaning. Shu mashqni 3 marta takrorlang.
  2. Koʼzlaringizni yuming va biroz shu holatda oʼtiring. Agar yomon xayollar bezovta qilsa, uni imkon qadar oldini olishga harakat qiling.
  3. Jahl chiqqan paytda, koʼzguga qarang va yuzingiz holatiga razm soling. Xushkayfiyat sizga koʼproq mos kelishini koʼrasiz

Nega baʼzilar suhbatdoshi yoki oʼzida hissiyotlar kuchayib borayotganini sezganda, muammoni hal qilishga kirishmaydilar? Аvvalo, ular jahl tafakkurni oʼtmaslashtirishini yaxshi bilishadi.

Shuning uchun, azizlarim, nafaqat shaxsiy, balki holatingiz va fikringiz «gigienasiga» ham eʼtibor bering.

 

Milliy olimpiya qomitasi

olympic.uz