Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasining xodimlari ham ayni paytda oʼz faoliyatini yuritishda raqamli texnologiyalarni yoʼlga qoʼygan boʼlib, zarur holatlarda elektron axborot almashinuvi asosida kerakli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tashkilot rahbariyati, vakillari karantinni uyda qolib, oila-aʼzolari bagʼrida oʼtkazmoqda. Bu bilan tashkilotimiz jamoasi yuzaga kelayotgan xavfni bartaraf etishda oʼz xissasini qoʼshibgina qolmay, umrning qimmatli onlarini yaqinlari uchun yanada koʼproq sarflamoqda.
Qoʼmitamiz xodimlar va oʼz oʼquvchilarini zeriktirmaslik uchun turli loyihalarga qoʼl urmoqda. Yangi Loyihamizning birinchi qismini quyidagi videorolikda tomosha qilishingiz mumkin.
MOQ – olympic.uz