Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprelda tashkil etilgan edi. Tashkilot yilning bu sanasini Jahon salomatlik kuni deb eʼlon qilgan.

Bu yil Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti karatinda boʼlgan, kasallik alomatlari kuzatilmagan kishilar uchun koronavirus pandemiyasi paytida jismoniy faollikni saqlab turish yuzasidan oʼz tavsiyalarini eʼlon qildi.

Ushbu tavsiyalarda quyidagilar qayd etilgan:

Haftasiga kamida 2,5 soat moʼʼtadil jismoniy mashqlarni bajarish. Yaʼni har kuni 20 daqiqadan, yoki haftasiga toʼrt marta 35 daqiqadan jismoniy mashqlarni bajarish. Shiddat bilan mashq qilishni xush koʼradiganlar uchun haftasiga 75 daqiqa jismoniy faollik yetarli boʼladi.

Koʼproq yurish. Turgan joyda, xona uzunligida, hovlisida (oʼz hovlisi boʼlganlar uchun), qavatlar oʼrtasidagi zinapoyalarda yurish va hokazo. Oʼrni kelganda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar har kuni oʼrta surʼatda yurish yurak-tomir kasalliklaridan vafot etishni oʼrtacha 20 foizga kamaytirishini koʼrsatgan.

Iloji boricha koʼproq tikka turish. Hatto ishni ham turgan holda bajarishga harakat qilish yoki “oʼtirib-turib” holatida ishlash.

MOQ

Olympic.uz