Jadval boʼyicha navbatdagi onlayn mashgʼulotlar! Bugun Milliy Olimpiya Qoʼmitasi va Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasining onlayn mashgʼulotlariga qoʼshilishdi.
Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasiga, murabbiylar va tibbiyot xodimlariga, barcha sportchilarga onlayn treningni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirildi. Videotreningning barcha ishtirokchilari ishni yaxshi tashkil etgani qayd etildi.
Аyniqsa, Pan-Аmerika qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti, rapira yoʼnalishida qilichbozlik boʼyicha jahon chempioni Vitaliy Nikolaevich Logvin qilichbozlar kayfiyatiga koʼtarinkilik bagʼishladi. Mashgʼulot boshida u sportchilarga ruhlantiruvchi soʼzlari bilan murojaat qildi.
Anʼanaga koʼra, yakunda karantin davrida sportchilarni tayyorlash uchun sharoitlarni yanada yaxshilash choralarini ishlab chiqish masalasi jamoaviy muhokama qilindi.
Videoni MOQ saytida tomosha qiling!
Milliy olimpiya qoʼmitasi
Olympic.uz