Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bu yil Tokioda oʼtadigan yozgi Olimpiada koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yil yoziga koʼchirildi. Albatta, tez orada biz «koʼrinmas dushmanni» yengamiz, ammo hozircha Olimpiada tarixi, xususan, Olimpiya harakatining asosiy muzeyi haqida koʼproq maʼlumot toʼplab turamiz.

Olimpiya oʼyinlarining bosh muzeyi Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan. Bugun ushbu maskanni virtual sayr qilamiz va unda Olimpiada ruhini sportchilardek his qila olamiz.

Muzey zamonaviy kompьyuter texnologiyalari va audiovizual vositalar bilan jihozlangan boʼlib, bu Olimpiya oʼyinlari tarixini qadimgi davrdan to hozirgi kungacha interfaol oʼrganishga yordam beradi.

Muzeyni yaratish gʼoyasi zamonaviy Olimpiya oʼyinlarini tiklagan va Xalqaro Olimpiya qoʼmitasi asos solgan frantsuz baroni Pьer de Kubertenga tegishli. Muzey nihoyat 1993 yilda dunyo sport poytaxti markazi Lozanna shahridagi (Shveytsariya) Ushi manzilida ochildi. Muzey Olimpiya oʼyinlari va millatlar birligi sport ruhini aks ettirishdek muhim vazifani bajaradi.

Batafsil – MOQ saytida tanishing

 

MOQ

olympic.uz