Bu qaysi musiqa ekanini bildingizmi? Аniq ishonamizki, ha, deya javob berdingiz. Axir, bu yuzyillikning eng mashhur sport madhiyalaridan biri – UEFA Chempionlar Ligasi gimnidir. Eng ajoyib oʼyinlar u bilan boshlanadi, u bilan tarix yaratiladi.
Aytgancha, tarix haqiqatan ham u bilan boshlangan. Chunki bugungi kunda biz biladigan ushbu talqin – bu Gendelning «Ruhoniy Zadok» (inglizcha «Zadok the Priest») toj kiydirish marosimi antemining qayta ishlangani varianti. 1727 yilda Angliya qiroli Georg II taxtga oʼtirishi munosabati bilan madhiya yozilgan. Madhiyaning soʼzlari tantanali ravishda baʼzi bir Injil hikoyalarini tasvirlaydi, siz uning muhitini his qilib taxmin qilishingiz mumkin.
Faqat 1992 yilda u britaniyalik bastakor Toni Britten tufayli biz biladigan shaklga ega boʼldi. Madhiya UEFAning uchta rasmiy tilida – frantsuz, nemis va ingliz tillarida ijro etiladi.
Milliy olimpiya qo’mitasi
Olympic.uz