Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Jeyson Stetxemning ajoyib “baza”si borligini koʼpchilik bilmaydi. Britaniyalik kino yulduzi oʼn ikki yil davomida suvga sakrash bilan shugʼullangan. Jeyson hatto oʼz mamlakatining asosiy terma jamoasiga tarkibiga kirdi.

Bugun aktyor zalga haftasiga olti marta tashrif buyuradi. “Mashgʼulotlarimning aksariyati tanamning vazni bilan bogʼliq. Masalan, bu mashqlar arqonda tortilish, «otjimanie» qilish, turnikda tortilish, shuningdek, ogʼir yuk bilan kuchni zoʼriqtirish harakatlarini oʼzida mujassam etgan. Aytish mumkinki, bu trenajerlar boʼlmagan paytlardagi “eski maktab“ ruhida mashq qilish usulidir“, – deydi Stetxem.

Jeyson Stetxemning muhim qoidalaridan biri shundaki, jarayon hech qachon takrorlanmasligi kerak, shuning uchun uning barcha mashgʼulotlari bir-biridan farq qiladi.

“Men barcha turdagi yuklamalarni uygʼunlashtirishning usulini topdim: birinchi navbatda chaqqonlik ustida ishlash, soʼngra MMA va boks zarbalarini takrorlash, soʼngra kuch va mushakka ishlash boʼyicha mashqlar“, deydi kino yulduzi.

Aktyorning eng yaxshi koʼrgan jihozi bu turnik va girya, quvvat ramasi va gimnastika halqasi.

 

MOQ xabari – Olympic.uz