Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun 6-aprel, Taraqqiyot va tinchlik yoʼlida Xalqaro sport kuni. Zamonaviy Olimpiya oʼyinlari asoschisi baron Pьer de Kubertenning sportga bergan taʼriflari orasida ham “O sport, sen tinchliksan” degan jumlasi hali hamon oʼz tasdigʼini topib kelmoqda. Haqiqatda sport butun dunyoga tinchlik nafasini beruvchi kuchdir. Hatto Yunonistonda qadimgi Olimpiya oʼyinlari vaqtida urushlar toʼxtatilgani haqidagi maʼlumotlarni ham uchratganmiz.

2013 yilning 23-avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Аssambleyasida bir ovozdan 6-aprel sanasini Taraqqiyot va tinchlik yoʼlida Xalqaro Sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) sifatida nishonlash toʼgʼrisidagi qaror qabul qilingan.

Ushbu sana garchi koʼpchilikka maʼlum boʼlmasada, sport hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega. Fursatdan foydalanib, Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi yurtimizda sportni yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish yoʼlida mashaqqatli faoliyat olib borayotgan sohaning barcha jonkuyarlarini bugungi bayram bilan tabriklab qoladi.

MOQ

Olympic.uz

Olympic.uz – eng sara yangiliklar sayti!