Kichkintoy boladan tortib oʼsmir yoshidagi barcha bolalar ong va aql rivoji jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Bu yoshda xarakterni jilovlash va taqiqlarni yengish qiyin. Karantin va oʼz-oʼzini izolyatsiya qilish davrida bolangiz kundalik xavfsizligini oʼylashingiz kerak.
1-xavf – derazadan tushish
Shuni unutmangki, hatto gadjetlarni yaxshi koʼradigan zamonaviy bolalar ham ertami-kechmi koʼcha bolasiga aylanadi. Oʼz-oʼzini izolyatsiya qilish davrida, derazadan qarab oʼtirish ular uchun yechim boʼlishi mumkin. Oʼz-oʼzidan, xavfli deb qaramagan ish katta xavf olib kelish ehtimoli ham yoʼq emas. Agar derazada himoya panjarasi boʼlmasa, bolaning ochiq deraza oldida oʼtirish xavfi yoʼqligiga ishonch hosil qiling. Shkaf, krovat, stol, stulni derazadan uzoqroqqa joylashtiring. Agar bola katta boʼlsa, u bilan ochiq derazaning xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi toʼgʼrisida suhbatlashing. Kichkina bolani qoʼshimcha himoya chorasi deraza ochilganda belgi beraydigan shovqin indikatorlaridir. Ular qoʼngʼiroq, shamol musiqasi yoki boshqa narsa boʼlishi mumkin. Bu sizga bola derazani ochganligi haqida shovqin signalini beradi.
2-xavf – elektr toki urishi
Ushbu xavf karantinsiz vaqtda ham dolzarb. Agar bunga oldindan eʼtibor qilmagan boʼlsangiz, bola yetib boradigan barcha rozetkalarga vilka oʼrnatishni maslahat beramiz. Agar hozir ularni sotib olishning iloji boʼlmasa, rozetkalarni biron bir narsa bilan yopin yoki vaqtincha izolenta bilan yoping.
3-xavf – zaharlanish
Maishiy kimyoviy moddalar va dori qutisi har doim bolalarni ohanrabodek tortadi. Ehtimol, siz buni bilib, ularni topish qiyin joylarga saqlarsiz. Ammo endi bola koʼproq vaqtini uyda oʼtkazsa va u hatto eng qiyin yashirin joylarni ham topish imkoniga ega boʼlsa, blokiratorlarni oʼrnatish yoki kimyoviy vositalar va dori qutichasini bola boʼyi yetmaydigan balandroq joyga qoʼygan yaxshiroq.
4-xavf – kuyish
Agar bolangiz bogʼchasi yoki maktabda vaqtida ovqat pishirgan boʼlsangiz, endi qiziquvchan odam bugun qanday mazali taom uni kutayotgani haqida bilishni xohlaydi. Ovqatni faqat olovda pishirishni odat qiling. Chovgum yoki qozon qaynoq suv olib kelayotganingizda bola uning yonida emasligiga ishonch hosil qiling.
5-xavf – jarohatlar
Endi bola kun boʼyi uyda ekan, eshiklar tez-tez ochilib, qattiq yopilishiga tayyor turing. Farzandingiz oʼziga zarar bermasligi uchun eshikka cheklovchi moslamani oʼrnatish tavsiya etiladi. Agar oʼz-oʼzini izolyatsiya qilish rejimidan oldin ularni sotib olishga vaqt topolmagan boʼlsangiz, lekin ehtiyoj paydo boʼlsa, tutqichlarni sochiq bilan bogʼlab qoʼying. Eshikni tez yopish zarurati tugʼilsa, bir necha soniya ichida sochiqni olib tashlashingiz mumkin.
MOQ
olympic.uz