Koronavirus pandemiyasi tufayli koʼplab mamlakatlarda masofaviy taʼlim tizimi keng joriy etilmoqda. Bu bir tomondan karantin rejimi vaqtida qiyin vaziyatdan chiqishning maqbul yechimi sifatida koʼrilayotgan boʼlsa, boshqa tomondan, oʼqituvchilar va ota-onalar uchun qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Chunki bunday aloqa usuli koʼplab oʼquv muassasalarida ilgari sinovdan oʼtkazilmagan.
Onlayn oʼqishning asosiy muammosi shundaki, bolalar uchun oʼqituvchi bilan jonli muloqotda boʼlmasdan uzoq vaqt oʼqish juda qiyin. Аynan shu sabab ular tezda oʼqishga qiziqishni yoʼqotadi. Afsuski, ushbu qiyinchilikdan tashqari, oʼqituvchilar onlayn darslar davomida boshqa muammolarga ham duch kelishadi. Quyida ulardan baʼzilarini koʼrib chiqamiz va uning samarali yechimlarini topishga harakat qilamiz.
1-muammo. Oʼquvchilarga fikringizni yetkazish va mavzularni tushuntirish qiyin
Oʼqituvchilik kasbidagi muhim mahorat har doim oʼquvchini darsga eʼtiborini jalb qilish va ularga yangi maʼlumotlarni yetkazish qobiliyati sifatida qaralgan. Biroq, bularning bari faqat oʼzaro muloqot orqali mumkin. Oʼqituvchi oflayn darsni joʼshqin ruhda oʼtkazgani bois oʼquvchilarning kamida 80 foizi uni tinglaydi. Onlayn darslarda oʼquvchilarning tuygʼulariga taʼsir qilish imkoniyati kamroq boʼlgani sababli taʼsiri ham kamroq boʼladi. Shuning uchun ular osonroq chalgʼiydi va diqqatni jamlash qiyin kechadi.
Yechim: oʼqituvchilar yanada interfaol boʼlishi va bolalarni muntazam ravishda qizgʼin munozaralarga jalb qilib turishi kerak.
2-muammo. Yuqori sinf oʼquvchilarini ergashtirish qiyin
Yuqori sinf oʼquvchilarini bir vaqtning oʼzida ekran oldida jamlash mumkin emas. Shu sababli, ularning baʼzilari koʼrinmasligidan foydalanib, shunchaki oʼz ishlari bilan mashgʼul boʼlishadi. Katta talabalardan farqli oʼlaroq, bolalar bilim olishda aniq motivatsiyaga ega emas va bu yoshda oʼz-oʼzini tarbiyalash mahoratini boʼlmaydi.
Yechim: sinfni kichik guruhlarga boʼlish, shuningdek, dars vaqtini qisqartirish kerak. Dars 45 minut oʼrniga yarim soat davom etishi va sinfda 30 emas, 15 kishi boʼlishi kerak. Shunda oʼqituvchi har bir bolani nazorat qila oladi va u oʼz navbatida darsda yanada faol qatnashadi.
Milliy olimpiya qomitasi
olympic.uz