Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Maʼlumki, 2013 yilning 23 avgustida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasi 6 aprelni Taraqqiyot va tinchlik manfaati uchun Xalqaro sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace) deb eʼlon qilish toʼgʼrisida yakdil qaror qabul qilgan edi.

Bu yil BMT 6 aprelda Xalqaro sport kuni munosabati bilan, COVID-19 pandemiyasi jahonning koʼpchilik mamlakatlari, hududlari va mintaqalarida xavfli ravishda tarqalayotganligi, shu sababli bu yuqumli kasallik tarqalishini toʼxtatish uchun jismoniy va ijtimoiy masofa saqlash odatiy holga aylanganligi toʼgʼrisida bayonot berdi. Ushbu bayonotda sport zallari, sport inshoatlari va stadionlar, suv hazalari, raqs va oʼyin maydonlarining yopilishi koʼpchilikning shaxsan yoki guruh bilan sport yoxud jismoniy tarbiya tadbirlarida faol ishtirok eta olmayotganligini anglatishi taʼkidlanadi.

– Аmmo bu biz endilikda jismoniy faol boʼlmasligimizni anglatmaydi, – deyiladi BMT bayonotida. – Biz oʼzimizning zarur jismoniy holatda boʼlish va ijtimoiy faolligimizni saqlab turishimizga yordam beradigan trenerlarimiz, jamoamiz aʼzolari, yoʼriqchilarimiz va ishqibozlarimiz bilan aloqlarimizni uzmasligimiz kerak. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti har bir odam oʼrtacha yuklamada haftasiga 150 daqiqa, intensiv yuklamada esa 75 daqiqa sport va jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishni tavsiya qilmoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maxsus jihozlarsiz va chegaralangan joyda sport bilan mashgʼul boʼlish yuzasidan tavsiyalari mavjud. Turli yoshdagilar uchun juda koʼp bepul onlayn-dasturlar ham mavjud.

Taraqqiyot va tinchlik manfaati uchun Xalqaro sport kunida biz hozirgi jismoniy va ijtimoiy masofa saqlash paytda hammadan faol boʼlish, salomatlikni mustahkamlash va birdamlikni namoyish etishni soʼraymiz. Ushbu jamoaviy ruh hammamizga birgalikda hozirgi muammolarni yengib oʼtishga yordam beradi.

 

MOQ – Olympic.uz