Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlarining mashʼalasi aprelь oyining oxiriga qadar Fukusima prefekturasining milliy futbol mashq markazida hamma koʼrishi uchun oʼrnatilgani maʼlum qilindi.
2011 yilda okeanning vayrona sunamisidan hammadan koʼproq zarar koʼrgan mintaqa aholisi Olimpiya oʼyinlari mashʼalasini har kuni ertalab soat 9 dan 16 gacha kelib koʼrishlari mumkin. Hozir koronavirus pandemiyasi avj olganiga qaramasdan bu yerda koʼriladigan ehtiyot choralari tufayli hech kim xavfga duchor boʼlmasligi kafolatlanishi aytilmoqda.
– Koronavirus infektsiyasi yuqmasligi uchun Olimpiya mashʼalasi qoʼyiladigan pavilьonga keladiganlar niqob taqqan boʼlishlari va bir-birlari oʼrtasidagi masofani saqlashlari kerak, – deyiladi Yaponiya Olimpiya tashkiliy qoʼmitasining bayonotida. – Biz oʼzini noxush his etayotganlarni oʼz uylarida qolishlarini iltimos qilamiz.
Olimpiya mashʼalasini qarshi olgan Fukusima prefekturasining gubernatori Masao Utibori va «Tokio-2020» Tashkiliy qoʼmitasi direktori Yukixiko Nunomura hozirgi murakkab sharoitda Olimpiya mashʼalasi butun jahonning umidi ramziga aylangani taʼkidlashmoqda.
Olimpiya mashʼalasining Yaponiya boʼylab olib oʼtilishi bevosita Fukusimadan boshlanishi kerak edi. Olimpiya oʼyinlari tashkilotchilari 2011 yilda sunami va zilzilaning asosiy zarbasiga uchragan bu mintaqa tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilganligining ramziga aylanishiga umid qilgan edilar. Olimpiya oʼyinlari 2021 yilga qoldirilganligi uchun Olimpiya mashʼalasining estafetasi ham kechiktirildi. Аmmo Olimpiya mashʼalasi Yaponiyada saqlab turiladi.
Olympic.uz