Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

2020 yil 15 martda 1978 yildan beri oʼtkazilib kelinayotgan, juda mashhur, har yili 15 mingga yaqin sportchi ishtirok etadigan 42-Barselona marafoni boʼlib oʼtishi kerak edi. Аmmo COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli u 2020 yil 20 oktyabrga qoldirildi.

Frantsiyalik sportchi, 36 ta marafon ishtirokchisi Elisha Nochomovits ham ushbu musobaqada ishtirok etishga tayyorgarlik koʼrayotgan edi. Biroq jahondagi juda koʼp davlatlarda boʼlgani kabi Frantsiyada ham koronavirus pandemiyasi kuchayib ketganligi sababli mamlpakatda nihoyatda jiddiy ehtiyotkorlik choralari joriy etilgan, odamlarning oʼz uylarida boʼlishlari tavsiya etilgan edi.

Elisha Nochomovits ana shunday vaziyatda ham sport bilan shugʼullansa boʼlishi mumkinligini isbotlashga ahd qildi. U oʼzining Tuluza yaqinidagi Balьme shaharchasidagi kvartirasining 7 metr uzunlikdagi balkonida 6 soat 48 daqiqa davomida 6 ming marta u yonidan bu yoniga yugurib, 42,195 kilometrlik marafon masofasini bosib oʼtdi. Sportchi ushbu marafon masofasini qadamni oʼlchaydigan asbobi yordamida aniqlab bordi.

Marafonchi balkonda yugurayotganida mahbubasi uni sharbat va shokolad konfetlari bilan siylab turdi.

– Koronavirus pandemiyasi Frantsiyada ham juda kuchayib, bu yuqumli kasallikka chalinganlar soni ortib bormoqda, – dedi ommaviy axborot vositalari jurnalistlariga bergan intervьyusida Elisha Nochomovits. – Men balkonda marafon masofasini yugurib bosib oʼtish bilan hozir kasallik bilan fidoyilarcha kurashayotgan shifokorlarimizni qoʼllab-quvvatlamoqchi boʼldim. Shu bilan birga har qanday sharoitda ham sport, hatto koʼp qavatli bino balkonida marafon yugurishi bilan shugʼullanish mumkinligini amalda isbotlash niyatim bor edi. Balkonda yugurayotganimda qoʼshnilarimning meni qoʼllab-quvvatlab turganlaridan juda minnatdorman.

Yugurish paytida oʼyimga koʼp narsalar – pandemiya iqtisodiyot, moliya, shu jumladan sportga ham katta zarar keltirayotgani, ming-minglab odamlarga koʼp qulaysizliklar tugʼdirayotgani keldi. Bunday ogʼir vaziyat har birimizdan matonat, fidoyilik talab etadi.