Taniqli davlat arbobi, oʻz ishining chin fidoyisi, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” va “Doʻstlik” ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻlishida ulkan hissa qoʻshgan shaxs — Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Zufarovich xotirasiga bagʻishlab xalqaro turnir tashkil etadi. Unda 17 yoshgacha boʻlgan 4 ta jamoa — Oʻzbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston va oʻsmirlar terma jamoalari ishtirok etadi.
Uchrashuvlar 22-27-avgust kunlari poytaxtimiz yashil maydonlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.