Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Yaponiya U-16 jamoasi bosh murabbiyi Yoshiro Moriyama:

— Ushbu turnir biz uchun har tomonlama muhim hisoblanadi. Biz nafaqat oʻyinlar orqali, balki jamoaviy muhitni yaxshilash va qolgan jamoalar bilan munosabatlarni mustahkamlab olmoqchimiz. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

— Mirabror Usmonov qanday inson boʻlganliklari haqida bizga aytib berishdi. Bundan insonlar xotirasiga turnir oʻtkazish albatta yaxshi holat.

Tojikiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatillo Fuzaylov:

— Avvalo taklif uchun rahmat aytamiz. Bu turnir biz uchun Osiyo kubogi saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Bu musobaqaga Osiyoning eng kuchli jamoalari yigʻilgan. Shu sababli musobaqa qizgʻin oʻtishiga ishonaman. Oʻyinlar davomida oʻzimizning imkoniyatlarimizni koʻrib olmoqchimiz va shunga qarab ishlashni davom ettiramiz.

— Mirabror Usmonov haqida koʻp narsa eshitganman. U insonni juda yaxshi bilaman. Osiyo miqyosida ham mashhur va taniqli shaxs edi. Bu kabi turnirlar orqali bunday insonlarni xotirlab turish albatta yaxshi gʻoya hisoblanadi.

Eron U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Huseyn Abdi:

— Ajoyib saviyadagi jamoalarni bir joyga yigʻib, musobaqa tashkil etganliklari uchun tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Biz bu musobaqaga bir oydan buyon tayyorgarlik koʻryapmiz. Bundan ilgari CAFA turniri orqali ham Oʻzbekiston bilan toʻqnash kelganmiz. Raqiblarimizni yaxshi oʻrganishga harakat qildik. Umuman olganda, bu turnir bizga koʻp narsa bera oladi, chunki biz yuqori darajadagi jamoalarga qarshi oʻynaymiz.

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev:

— Bu musobaqa oʻzbek futboli uchun koʻp hissasini qoʻshgan inson — Mirabror Usmonov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilmoqda. Raqiblar haqida aytadigan boʻlsam, haqiqatan ham ajoyib jamoalar yigʻilgan. Bizga bu musobaqa oldimizda turgan Osiyo kubogi saralash bahslari oldidan tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Masalan, Yaponiya singari har tomonlama kuchli jamoa bilan oʻynash bizga albatta ajoyib tajriba beradi.

— Aytib oʻtganimdek, bu turnir bizga saralash bahslariga tayyorgarlik hisoblanadi. Lekin bu — natija muhim emas, degan maʼnoni anglatmaydi. Chunki biz uyda, muxlislar qarshisida oʻynaymiz.

Bundan tashqari, turnir davomida futbolchilarimizning imkoniyatlarini koʻrib olishni maqsad qilganmiz. Umuman olganda, bu turnir biz uchun har tomonlama muhim hisoblanadi.

Barcha jamoalarga omad tilayman.

Eslatib oʻtamiz, ertaga soat 18:30 da “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022”turnirining tantanali ochilish marosimi “JAR” stadionida start oladi. Shundan keyin Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Eron U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.