Milliy jamoa 28-may kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz 29-maydan yig‘inni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.
Vakillarimiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda oʻyin oʻtkazsa, 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi.
Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.