Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 26-avgust kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi.
Timur Kapadze “CAFA Nations Cup-2025” turniriga bagʻishlangan yigʻin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz musobaqadagi ishtirokini 30-avgust kuni Oʻmonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
