Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 13-yanvar kuni Suriyaga qarshi oʻyin bilan Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Bosh hakam — ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf, unga hamyurtlari Abu Bakar Salim al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iroqlik Mohanad Qosim Sarray ishlaydi.
Uchrashuv ertaga soat 22:30 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.