Ayni kunlarda Milliy futbol markazi qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘FA rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish jarayonini yaqindan koʻzdan kechirish va mas’ullar bilan loyihaning keyingi rejalarini muhokama qilish maqsadida qurilish obyektida boʻldi.
Ma‘lumki, MFM qoshida zamonaviy VAR markazi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu markaz FIFA xalqaro talablariga mos ravishda zamonaviy jihozlar bilan ta’minladi. Mutaxassislar raqamlashtirish va ma’lumotlar bazasini tashkil etish borasida o‘z maslaxatlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Eslatib o‘tamiz, Futbol markazida shuningdek zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Milliy terma jamoalar uchun tayyorgarlik bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazlari o‘rin oladi.