Mazkur dasturda 34 nafar taniqli mutaxassis ishtirok etib, amaliy va nazariy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, murabbiylik jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodikalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni takomillashtirish ustida ishlaydi.
Kurs jarayonida O‘zbekiston futboli uchun katta hissa qo‘shib kelayotgan bir qator tajribali mutaxassislar — Timur Kapadze, Vadim Abramov, Ulug‘bek Baqoyev, Server Jeparov kabi murabbiylar ishtirokchilarga koʻp yillik tajribalarini ulashib, bahs-munozara va amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim almashish jarayonini yanada boyitadi.
Shuningdek, ushbu o‘quv dasturida o‘monlik mutaxassis Eelco Johannes Christiaan ham qatnashib, tinglovchilarga xalqaro tajribaga asoslangan uslubiy yondashuvlarini taqdim etdi.



