Aziz muxlislar, ayni paytda global miqiyosda Koronavirus infektsiyasi tarqalayotgani sabab quyida sizlarga koronavirusdan saqlanish bo’yicha muhim tavsiyalar bilan o’rtoqlashamiz:
– Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning;
– Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving;
– Spirtli dezinfektsiyalovchi vositalardan foydalaning;
– Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling;
– Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan aslo ushlamang;
– Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning;
– Isitma, yo‘tal yoki nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling;
– Eng muhimi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling;
Shifokorlar siz-u bizga aynan ushbu tadbirlarni tavsiya qilishmoqda!