Free ebooks Library zlibrary project

#uydaqol! #hayotgaqoʼshil! #sportchallenge chellenjiga 10-14 aprelь kunlari oraligʼida ikki mingga yaqin videomateriallar kelib tushdi.

Chellenj gʼoliblarini aniqlash va taqdirlash boʼyicha Hakamlar hayʼati xulosasiga koʼra bu safar quyidagi videoroliklar gʼolib deb topildi:

1-oʼrin: Toshkent shahar Xadra mavzesida istiqomat qiluvchi Saidovlar xonadoni aʼzolari tomonidan yuborilgan videorolik. Rolikda ishtirok etgan Ubayda va Ruxsoraxonlar Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab oʼquvchilari, Komronbek esa bogʼcha tarbiyalanuvchisi;

2-oʼrin: Navoiy viloyati, Karmana tumani Islom Karimov koʼchasida istiqomat qiluvchi Xolmurodovlar oilasi;

3-oʼringa bu safar ham biryoʼla ikkita videorolik sazovor boʼldi. Bular – Toshkent shahar, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Faxriddinovlar oilasi hamda figurali uchish boʼyicha Oʼzbekiston oʼsmir qizlar terma jamoasi. Jamoa aʼzolari:

Salieva Laziza – sport ustaligiga nomzod,

Svobodina Darьya – sport ustaligiga nomzod,

Mezentseva Аlena – sport ustaligiga nomzod,

Sulaymonova Аmaliya – 1-toifali sportchi.

Ularning treneri – Ellita Ivanovna Аvanesyan

Chellenjda 1-oʼrinni egallaganlar velo trenajyor, 2-oʼrin sohiblari yugurish yoʼlakchasi hamda 3-oʼrinni qoʼlga kiritganlar esa changʼi trenajyori bilan taqdirlanishadi.

Аziz yurtdoshlar, chellenjimiz davom etmoqda. Unda siz ham faol ishtirok eting hamda sovgʼalarni qoʼlga kiriting!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati