Bugun, 19-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz shu tariqa 6-turdan so’ng “A” guruhida 13 ochko jamg’argan holda 2-o’rinni egallab turibdi.
Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.