Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Jahon chempionati-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichining qoldirilgan uchrashuvlari sanasini ma’lum qildi.
O’zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga yuborilgan rasmiy xatga ko’ra, saralash o’yinlari 8 oktyabrdan qayta start beriladi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.
7-turni dam olish sifatida o’tkazib yuboradigan O’zbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi o’z yurishini 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi bahs bilan davom ettiradi.
Milliy jamoamiz 12-noyabr kuni o’z maydonida Singapurni qabul qilsa, 17-noyabrda bo’lib o’tadigan so’nggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni bo’ladi.
JCh-2022 Saralash bosqichi.
7-tur, 8-oktyabr
Saudiya Аrabistoni – Yaman
Falastin – Singapur
8-tur, 13-oktyabr
Singapur – Saudiya Аrabistoni
Yaman – Oʼzbekiston
9-tur, 12-noyabr
Oʼzbekiston – Singapur
Saudiya Аrabistoni – Falastin
10-tur, 17-noyabr
Falastin – Yaman
Saudiya Аrabistoni – Oʼzbekiston