Xabaringiz bor, kecha Belarus chempionatining 2020-yilgi mavsumi start oldi.
1-turda hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboyev hamda Shahboz Umarov to’p surayotgan “Energetik-BGU” klubi Belarus grandi – BATE bilan bahs yuritdi.
Debyut bahsida Yaxshiboyev raqib darvozasini 2 bor ishg’ol etishga muvaffaq bo’ldi. Shohboz Umarov esa o’yin so’nggida zaxiradan maydonga tushirildi.
Uchrashuvdan so’ng “Energetik-BGU” ustozi Vladimir Belyavskiy hamyurtimiz haqidagi fikrlarini bildirib o’tdi:
– Yaxshiboyev yaxshi darajadagi o’yinchi. U bilan uzoq vaqt muzokaralar olib bordik. Bizda O’zbekistondan yana bir o’yinchi bor – faqat u yaqinda biroz kasal bo’lgan edi. Biz ularning o’yinlarini kuzatib borganmiz. Yaxshiboyevni butun Osiyoda yaxshi bilishadi. Bunaqa o’yinchi Belarusda yo’q bo’lsa kerak, – deya ta’kidladi murabbiy.