Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston milliy terma jamoasi 2020-yilda Jahon chempionati saralashi doirasida 3 ta juda muhim oʼyin oʼtkazadi.

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Аbramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni boʼlishadi. Ushbu oʼyinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24-fevral kunlari BААda yigʼin tashkil etadi. Mazkur yigʼin doirasida 23-fevral kuni Belarus terma jamoasi bilan oʼrtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

Ushbu yigʼinda “Bunyodkor” jamoasining 17 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etadi. Yosh isteʼdod egasi OʼFA rasmiy saytiga milliy jamoadan chaqiruv olganidan mamnun ekanini aytib oʼtdi:

– Milliy terma jamoa libosini kiyish, mamlakat bosh jamoasi safida toʼp surish – har bir futbolchi uchun sharaf sanaladi. Men ham yoshlikdan Oʼzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʼlishni orzu qilganman. Bu orzum amalga oshayotganidan behad mamnunman.

“Bunyodkor” jamoasi tarkibida Rustam Ashurmatov, Eldor Shomurodov kabi oʼyinchilarning yosh boʼlsa-da milliy terma jamoada oʼynashlarini kuzatib, ularga hamisha havas qilganman. Mening ham milliy jamoadan chaqiruv olishimda jamoadoshlarimning va murabbiylarning xissasi katta.

Endi bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor mahoratni ishga solish, mashgʼulotlarda ham, oʼyin davomida ham maydonda qattiq ter toʼkish lozim boʼladi, – dedi yosh futbolchi.