Jahon chempionati-2026 chiptalari savdosi boshlandi
Bugundan Jahon chempionati o‘yin chiptalari egalarini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan tasodifiy tanlov bosqichi uchun ariza berish boshlandi.
Milliy jamoamiz muxlislari ariza berish jarayonida ‘’My Team Uzbekistan’’ bandni tanlab, aynan bizga ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta uchun so‘rov yuborishlari mumkin.
Chipta egalari kelasi yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va to‘lovlar arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari asosida avtomatik amalga oshiriladi.
Ariza berish 2025-yil 13-yanvarga qadar FIFA rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.