O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatini Eron termasiga qarshi o‘yin bilan boshlab, dastlabki bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz a’zosi Ilhom Alijonov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
– Uchrashuv oson o‘tmasligini bilar edik. Zero Eron ham qit’amizdagi yetakchi terma jamoalardan biri. Lekin uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qildik. Ammo yakunda durang natija qayd etildi.
Endi kelasi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga urinamiz. Bizni bevosita stadiondan turib qo‘llab-quvvatlagan, qolaversa o‘yinni yurtimizda TV orqali tomosha qilib, biz uchun qayg‘urgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Kelasi o‘yinlarda ularning ishonchini albatta oqlashga harakat qilamiz, – dedi mahoratli futbolchi.