Free ebooks Library zlibrary project

Kunning birinchi yarmida Telegram kanalimiz orqali topqir muxlislar uchun viktorina tashkil etib, unda “Faoliyati davomida Osiyo kuboklari final bosqichlarida 5 marta (2004, 2007, 2011, 2015 va 2019) maydonga tushib, qit’a rekordchisiga aylangan yagona futbolchi kim?”, deya savol taqdim etgan edik.

Qayd etish joiz, bu boradagi rekord O’zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovga tegishli sanaladi.

Uzoq yillardan buyon bosh jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Osiyo tarixidagi eng yaxshi posbonlardan biri Nesterov 5ta Osiyo Kubogida ishtirok etgan yagona futbolchi sanaladi.

Hamyurtimiz 2004, 2007, 2011 va 2015, shuningdek o’tgan yili BAA yashil maydonlarida o’tkazilgan Osiyo Kubogi-2019da ham o’ynagan. Bu borada u mutlaq yetakchi sanaladi.