Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Milliy terma jamoamizning Falastin bilan boʻlgan mashgʻulot oʻyinining birinchi boʻlimida himoyachi Husniddin Aliqulovni ogʻriq bezovta qildi va murabbiylar uni almashtirishdi. Shifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar koʻrsatildi. Dastlabki koʻrikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani maʼlum boʻldi. Shundan soʻng Qatardagi “Aspetar” klinikasida uning holatini oʻrganish boʻyicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoamiz tibbiy shtabi barcha xulosalarni oʻrganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi maʼlum boʻldi. Bu esa unga Osiyo kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini toʻliq tiklashga toʻsqinlik qiladi. Yosh himoyachimizga salomatlik tilaymiz!