“Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” Hukumat qarori (311-son, 22.05.2020-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, hududiy futbol assotsiatsiyalariga yuqori iqtidorga ega boʼlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish, futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish kabi vazifalar tavsiya etildi.
“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritiladi.
Tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan, har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va oʼtkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion boʼlishi taʼminlanadi.
Qarorga koʼra, Futbol boʼyicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan oʼtkazish tartibi amaliyotga joriy etiladi.