Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Coca-Cola Superligasining 2-turidan oʻrin olgan ikkita vaziyat muhokamalar sababli OʻFA Hakamlar boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi.

“Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvining 19-daqiqasida “Neftchi” futbolchisi Abror Ismoilov raqibiga nisbatan jarohat yetkazish ehtimoli yuqori boʻlgan holda butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam bu vaziyatni VAR yordamida qaytadan koʻrib chiqdi va avvalroq berilgan sariq kartochkani bekor qilib, qizil kartochka koʻrsatdi. Ushbu holatda hakamning yakuniy qarori toʻgʻri boʻldi.

“Qizilqum” va “Bunyodkor” bahsning 6-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Suhrob Izzatov gol kiritishdan avval toʻpni qoʻli bilan toʻxtatdi va zarba berdi. Shu sababli, oʻyin qoidalariga asosan gol bekor qilingani haqidagi qaror toʻgʻri boʻlgani qayd etildi.