Kibersportni qimor deb bilsak, qanday sport turi haqida gapirishimiz mumkin? Ammo har kuni turli mamlakatlarda ishqibozlar sonini koʼpaytiradigan va eng muhimi, serdaromad ushbu yoʼnalishning ahamiyatini eʼtibordan chetda qoldirishimiz toʼgʼrimi?
2019 yil statistikasiga koʼra, butun dunyo boʼylab kibersport auditoriyasi 1 milliarddan oshdi. Bu baʼzi anʼanaviy sport turlari, masalan futbol, «Formula-1» poygasi va beysbol kabi oʼyinlardan tashqari koʼproq koʼrsatkich, deganidir.
Xoʼsh, nima uchun odamlar hali ham kompьyuter oʼyinlari haqida bir toʼxtamga kelishmaydi?
Birinchi va eng aniq sabab – bu qaramlik. Nahotki, uni azartdan boshqa yaxshi jihati namoyon boʼlmaydigan sport kasalligi deb hisoblash mumkinmi?
Ikkinchi muhim muammo ijtimoiylashuvning buzilishi bilan bogʼliq, chunki virtual oʼyinlar allaqachon haqiqiylarni kuch bilan muvaffaqiyatli almashtirmoqda.
Ammo kibersport yashash huquqiga ega ekanligini ragʼbatlantiradigan koʼplab fikrlar mavjud. Masalan, u bolalarni intellektual rivojlantiradi va ularni hovlida tarallabedod oʼynab yurish oʼrniga biznes bilan shugʼullanishga majbur qiladi, degan faraz mavjud.
Kibersportning ommaviyligi 1980-yillarda, Atari oʼzining «Space Invaders» oʼyinida birinchi chempionlikni oʼtkazganida boshlangan, unda 10 mingdan ortiq kishi qatnashgan va kampaniyaning asosiy maqsadi foydalanuvchi oʼyin rekordlarini saqlash va videooʼyinlarni ommaga tatbiq etish edi. Ammo haqiqatan ham katta va professional turnir bu «Konsol boʼyicha Jahon chempionati» edi. Unda har qanday ishtirokchi gʼalaba uchun 10000 dollar olishi mumkin boʼlgan. Аynan ushbu chempionatni tarixchilar birinchi rasmiy kiberturnir deb hisoblashadi.
Milliy olimpiya qoʼmitasi
Olympic.uz