Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Xabaringiz bor, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Oldinroq terma jamoamizning Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonining yakuniy bosqichiga kirishgani haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz 10-18-yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. 19-yanvardan Ozarbayjonga yo‘l olgan futzalchilarimiz Bokuda mashg‘ulotlar olib borishdi. Shuningdek, Ozarbayjon terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etildi. Dastlabki bahsda o‘zbekistonlik futzalchilar 3:2 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi – 4:3.

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Boku yig‘inini yakunlaydi va yurtimizga qaytadi. Futzalchilarga 2 kunlik qisqa dam berilgach 26-yanvardan yana mashg‘ulotlarga kirishiladi.