Yurtimiz mezbonligidagi FIFA Futzal Jahon chempionatiga 38 kun qoldi. Ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlari esa muhim va masʼuliyatli pallaga yetib keldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi. Unda Turizm va mahalliy tashkiliy qoʻmita tomonidan Mundial oldidan olib borilayotgan ishlar, yaqin rejalar va musobaqa oldi promo-tadbirlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, oʻyinlarga mezbonlik qiluvchi arenalar, zaxira maydonlari, mahalliy tashkiliy qoʻmita tarkibi, koʻngillilar dasturi, akkreditatsiyalash, media va marketing, biletlar savdosi, brending va butun Oʻzbekiston boʻylab oʻtkaziladigan “Trophy tour” haqida toʻxtalib oʻtildi.
Brifing yakunida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.