Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Toshkentda FIFA va OFK hamkorligida tashkil etilgan VAR va AVAR bo‘yicha maxsus seminar o‘z yakuniga yetdi. Tadbir saudiyalik tajribali instruktor, FIFA mutaxassisi Ali Al Taifi rahbarligida olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga VAR tizimiga oid eng so‘nggi yangiliklar, xalqaro amaliyotlar va FIFA tomonidan tavsiya etilgan dolzarb qoidalar atroflicha tushuntirildi. Unda Superliga uchrashuvlarida faoliyat yuritayotgan VAR va AVAR hakamlari qatnashdi.

Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy topshiriqlar, videonalizlar va interaktiv muhokamalar orqali hakamlarning texnik va taktik tayyorgarligi yanada mustahkamlandi.