Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Bugun Hakamlar markazi binosida FIFA va OFK hamkorligida tashkil etilgan VAR va AVAR bo‘yicha navbatdagi seminar o‘z ishini boshladi.

Mazkur o‘quv dasturi FIFA tomonidan tasdiqlangan format asosida olib borilmoqda. Seminarni saudiyalik tajribali mutaxassis, FIFA instruktori Ali Al Taifi boshchilik qilmoqda.

Kunning dastlabki qismida ishtirokchilarga VAR tizimi bo‘yicha so‘nggi o‘zgarishlar, xalqaro tajriba va FIFAning dolzarb tavsiyalari taqdim etildi.

Seminarda Superliga bahslarida faoliyat yuritayotgan VAR va AVAR hakamlari ishtirok etmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar, videonaliz va interaktiv muhokamalar orqali hakamlarning malakasi va texnik tayyorgarligi yanada takomillashtiriladi.

Ma’lumot uchun, ushbu seminar 25-iyun kuniga qadar davom etadi.