Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Bugun 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Marosim Doha shahrida oʻtkazildi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchaga joylashtirilgan edi.

Qur’a yakunlariga ko‘ra, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz “J” guruhidan o‘rin oldi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. 12 guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-o‘rin sohiblari 1/16 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi mundialdagi ishtirokini 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.