FIFA rasmiy sahifasi 🇺🇿 Oʻzbekistonda futbol yangi bosqichga chiqib, rivojlanib borayotganini e’tirof etdi.
Xabarda Oʻzbekiston ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olish arafasida ekanligi, ayni paytda saralash bosqichida 2026-yilgi Mundialda ishtirok etish uchun qulay imkoniyatga ega chiqayotganligi qayd etilgan.
Shuningdek, oʻtgan yili oʻzbek futboli tarixidagi yangi sahifa — ilk bor Olimpiada yoʻllanmasi qoʻlga kiritilganligi, shuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor FIFA Futzal Jahon chempionatiga mezbonlik qilingani qayd etilgan.
“2025-yilda Oʻzbekiston xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi. Abduqodir Husanov mamlakat tarixida ilk bor Angliya Premyer Ligasida oʻynagan futbolchiga aylandi”.
FIFA Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirayotgani, xususan, FIFA Forward dasturi doirasida Milliy terma jamoalar markazi modernizatsiya qilinib, uchta yangi maydon va yoritish tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgani qayd etildi.