Joriy yilning 5-6-may kunlari Oʻzbekistonda futbolni ommalashtirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Delegatsiya tashrif davomida mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini (“Doʻstlik”) koʻzdan kechirishi, shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi kutilmoqda.