Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi maʼlum

Bosh murabbiy Xose Venansio Lopez FIFA Futzal Jahon chempionatida ishtirok etadigan futzalchilarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi. Dilshod Rahmatov jarohati tufayli yakuniy qaydnomadan oʻrin olmadi, uning oʻrniga tarkibga Anasxon Rahmatov jalb etildi.

Maʼlumot oʻrnida, vakillarimiz JChdagi ishtirokini 14-sentyabr Niderlandiyaga qarshi oʻyin bilan boshlaydilar. Mundial rasmiy ochilish oʻyini hisoblangan ushbu bahs “Humo Arena” da boʻlib oʻtadi. Toshkent, Andijon va Buxoroda bo’lib o’tadigan JCh uchrashuvlariga chiptalarni ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin.