Free ebooks Library zlibrary project

Bugun yurtimizda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining uchinchi turiga start berildi. Dastlab, Buxorodagi “Universal” sport majmuasida “B” guruhi vakillari Tailand va Braziliya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Ushbu oʻyinda Braziliya terma jamoasi 9:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Braziliya oʻz guruhida uch oʻyinda ham gʻalaba qozonib, 9 ochko jamgʻardi.

Navbatdagi oʻyin Toshkent shahridagi “Humo arena”da “B” guruhi vakillari Kuba va Xorvatiya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Ushbu oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi 7:0 hisobida gʻalaba qozondi. Xorvatiya ushbu gʻalabasi evaziga 1/8 finalga chiqdi.
Buxoro shahrida kechki dastur doirasida Niderlandiya va Paragvay terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin boʻlib oʻtdi.

Unda niderlandlar 5:2 hisobida gʻalaba qozondi. Yakunda Niderlandiya oʻz guruhida 5 ochko jamgʻarib pley-off yoʻl oldi.

Kechki dasturlardan oʻrin olgan yana bir bahs “Humo arena”da amaldagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Kosta-Rika oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Ming afsuski, jamoamiz 5:3 hisobida magʻlubiyatga uchrab Mundialni erta tark etishga majbur boʻldi. Terma jamoamiz gollariga Mashrab odilov (14ʼ), Ilhomjon Hamroyev (27ʼ), Samariddin Berkinovlar (30ʼ) mualliflik qildi.

Oʻzbekiston terma jamoasi yurtimizda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida “A” guruhida ishtirok etdi va ilk turda Niderlandiya bilan qayd etilgan durang natija evaziga bir ochko jamgʻardi.