Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

FIFA bolalar va yoshlar orasida futbol orqali ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan Foundation Community dasturini e’lon qildi

FIFA Foundation Community mustaqil fond bo‘lib, dasturning maqsadi futbol orqali bolalar va yoshlar o‘rtasidagi dolzarb muammolarni hal qilishni maqsad qilgan nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Dastur BMTning Barqaror mivojlanish maqsadlariga (Sustainable Development Goals) erishishga yordam beradi.

FIFA jamg‘armasi har yili keng ko‘lamli xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy jihatdan yordam beradi, ushbu mablag‘lar dastur bilan bog‘liq va institutsional xarajatlar, shuningdek, loyihalar, tashabbuslar, tadbirlar va seminarlar tashkil etish uchun yo‘naltiriladi.

Ishtirok etish shartlari:

  • Notijorat, nodavlat tashkilot bo‘lish.
  • Tashkilot futbol orqali ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
  • Moliyaviy barqarorlik va uzoq muddatli yondashuvga ega bo‘lish.
  • Batafsil…

Moliyalash:

  • Moliyalash davri: 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha
  • Har yili $30,000 gacha mablag‘ ajratiladi.
  • Dastur mablag‘i tashkilotning yillik aylanmasining 50foizidan oshmasligi kerak.
  • Muntazam bajariladigan tadbirlarni o’z ichiga olgan taklifni taqdim etish kerak.

Ariza topshirish uchun zarur hujjatlar:

Hisobotlar:

  • O‘rta muddatli va yakuniy faoliyat va moliyaviy hisobotlarni taqdim etish zarur.

Aloqa:

Savollar bilan uzb@the-afc.com manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot.

Mazkur qo‘llanma FIFA Foundation Community dasturining asosiy shartlari va talablarini qamrab oladi hamda tashkilotlar uchun grant olishda qo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, arizalar 2024-yil 22-iyul kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.