Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatarda Klublar o’rtasidagi jahon chempionati musobaqasi bo’lib o’tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda o’zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullayev ham faoliyat olib bormoqda.

Ertaga ushbu musobaqa finalida Germaniyaning “Bavariya” va Meksikaning “Tigres” klublari to’qnash keladi. E’tiborlisi, final uchrashuvida hamyurtimiz inspektor sifatida ishlashi ma’lum qilindi.

Bunga qadar, Farhod Abdullayev ushbu turnirning ochilish o’yini, ya’ni “Tigres” (Meksika) va “Ulsan Hyunday” (Janubiy Koreya) hamda yarim final doirasidagi “Palmeyras” (Braziliya) – “Tigres” (Meksika) bahslariga hakamlar nazoratchisi etib tayinlangandi.