Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev final oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ravshan Haydarov

Ertangi oʻyin haqida:
Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor finalga qadar yetib kelishimizda bizni qoʻllab-quvvatlab turgan xalqimiz va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni muhim oʻyin kutib turibdi. Mazkur uchrashuvga reja boʻyicha tayyorgarlik olib bordik, ertaga oʻzimizning oʻyinimizni namoyish etib, musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritmoqchimiz.

Tajriba va uning ahamiyati haqida:
Ha, men va murabbiylar shtabim bu kabi musobaqalar hamda final uchrashuvlarida avval ham ishtirok etganmiz. Bu tajriba bizga yordam beradi, buni futbolchilarga ham singdirib borishga harakat qilyapmiz. Biroq bilasiz, ertangi final boshqa tarix va biz unga masʼuliyat bilan tayyorgarlik koʻryapmiz.

Biz oʻtgan oʻyinlar davomida juda koʻp kuch va emotsiya yoʻqotdik. Hozirda tiklanish jarayonini davom ettirgan holda eʼtiborimizni faqat oʻyinga qaratganmiz.

Muxlislar va oʻyin uslubi haqida:
Albatta ular bizga qoʻshimcha kuch bagʻishlamoqda. Biz ular bilan yanada kuchlimiz. Ertangi oʻyinda ham ularni xursand qilishni niyat qilganmiz.

Hozirda jismoniy va teoretik tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Finalga jismoniy va ruhiy yaxshi holatda yetib borish muhim hisoblanadi. Tarkibga kelsak, kim tayyor boʻlsa, oʻsha maydonga tushadi.

Hujum chizigʻi haqida:
Futbolda gol kiritish eng muhim narsa va bu oʻziga yarasha qiyin hisoblanadi. Ha, biz Avstraliya va Koreyaga qarshi oʻyinlarda koʻplab vaziyatlar yaratdik, biroq ularni golga aylantirishda muammolar boʻldi.

Yakuniy nuqtani qoʻyishda kamchiliklarimiz bor. Lekin oldimizda Jahon chempionatiga qadar vaqt bor. Barcha vaziyatlarni hali koʻrib chiqamiz va tahlil qilamiz. Bu yoʻnalishda albatta oʻz ustimizda ishlaymiz.

Jamoaning jismoniy holati haqida:
Oʻtgan oʻyinlar shuni koʻrsatdiki, biz bu yoʻnalishda toʻgʻri yoʻldamiz. Murabbiylar shtabi jismoniy tayyorgarlik boʻyicha yaxshi ishlashmoqda. Aytganimdek, biz kuch yoʻqotdik, biroq tiklanish jarayoni tezkorlik bilan boshlangan va hozir ham davom etmoqda. Ertaga bizga muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi, ishtiyoq va masʼuliyat albatta yordam beradi.

Raqib futbolchilari haqida:
Men aynan qaysidir bir futbolchini alohida koʻrsatmoqchi emasman. Ular jamoaviy yaxshi harakat qiladilar. Va biz ham rejani shunga yarasha qilamiz. Aynan bir futbolchiga qarshi emas, jamoaga qarshi tayyorgarlik va reja tuzamiz.

Umarali Rahmonaliyev

Final haqida:
Assalomu alaykum. Butun xalqimiz, muxlislar kutgan hal qiluvchi oʻyinga ham oz qoldi. Biz bu musobaqaga uzoq muddat davomida tayyorgarlik olib bordik. Ertaga katta masʼuliyat va ishtiyoq bilan maydonga tushgan holda borimizni berib harakat qilamiz.

Butun xalqimiz bizdan chempionlikni kutmoqda. Xudo xohlasa, uzoq kutilgan chempionlikni qoʻlga kiritamiz.

120 daqiqadan iborat 2 ta uchrashuvdan soʻng jamoaning jismoniy holati haqida:
Biz koʻp kuch yoʻqotdik. Lekin mutaxassislar tiklanish uchun harakatni oʻyin tugashi bilanoq boshlab yuborishdi. Ular doim “orqada” koʻrinmasligi mumkin. Lekin ularning saʼy-harakatlari bilan biz jismoniy jihatdan oʻyinlarga tayyorgarlik koʻryapmiz.

Raqib haqida:
Iroq kuchli jamoa. Ularning bir nechta chiziqlarida yaxshi futbolchilar bor. Oʻyindan oʻyinga ochilib bormoqdalar. Murabbiyimiz aytganidek, biz finalda boshqa Iroqni koʻramiz.

Maydondagi atmosfera:
Juda ajoyib. Muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlamoqdalar. Biz buni tushungan va his qilgan holda ertangi oʻyinda maydonda borimizni berib harakat qilamiz.