Free ebooks Library zlibrary project

2021-yildan boshlab Respublika yoshlari oʻrtasida futbol hamda mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda. Yoshlar oʻrtasida katta qiziqishga sabab boʻlayotgan mazkur ommaviy sport tadbirining nufuzi va geografiyasi tobora ortib bormoqda.

Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol hamda qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda oʻtkazilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari Respublika boʻyicha 251 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Qurʼa natijalariga koʻra mini-futbol, futbol va ayollar mini-futboli yoʻnalishlarida viloyat bosqichlarida gʻolib chiqqan 14 tadan jamoa guruhlarga taqsimlandi. Respublika bosqichi – 19–23-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida, final oʻyini esa 24-avgust kuni “JAR” stadionida oʻtkaziladi.