Bugun, 13-iyun kuni, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Chiliga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning gollariga, Sadriddin Hasanov (10′) va Azizbek Abdumo’minov (60′) mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 17 va 19-iyun kunlari Boliviyaga qashi o’rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi
Bugun, 11-iyun kuni, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Chiliga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning goliga, Azizbek Erimbetov (35′) mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 13-iyun kuni o’tkaziladi.
FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2-iyundan Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. 6-iyundan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Janubiy Amerikada davom etadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida Chili va Boliviya o‘smirlar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 11, 13-iyun
Chili — Oʻzbekiston
17, 19-iyun
Mamlakatimiz mezbonlik qilgan “CAFA U-17 Chempionati 2025” musobaqasi yakunlandi. Bugun, 31-may kuni, Sergey Chigodayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi final uchrashuvida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda jamoamizning gollariga Laziz Abduraimov va Suхrob Sadirjanov (dubl) mualliflik qildi. Shu tariqa, Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston ikkinchi,
Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri davom etmoqda. Bugun, 28-may kuni Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (dubl), Suxrob Sadirjanov, Husanboy Atabekov mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “A” guruhida 1-o‘rin egallab turnirning finaliga yo‘l