Tarixiy fotosuratlar rukni ostida Osiyo kubogi-2019 davomida olingan kadrlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Oʼzbekiston terma jamoasi futbolchisi Javohir Siddiqov karantin davrini oʼtkazish boʼyicha oʼz tavsiyalari hamda uy sharoitida mashgʼulot oʼtkazish uslubini namoyish etdi. Karantin qoidalariga rioya qiling! Uyda qoling, oʼzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!
Bilasiz, milliy chempionatimiz uchrashuvlariga muxlislar qiziqishini orttirish, stadionlarga muxlislar tashrifini koʼpaytirish, ishqibozlar oʼrtasida muxlislik madaniyatini yanada rivojlantirish boʼyicha qator saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bugun Namangan shahrida futbol ishqibozlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari, OʼFА Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Аbramov hamda terma jamoamiz
Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi sunʼiy qoplamali maydonning ochilish marosimi oʼtkazildi. Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʼrinbosari, OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston
Server Jeparov boshchiligidagi Oʼzbekiston U-14 terma jamoasi har oy yigʼilib, nomzod futbolchilar harakatlari koʼzdan kechirilmoqda. Kecha navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini start oldi. 2006-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 8-martga qadar “Chigʼatoy” stadionida mashgʼulotlar olib boradi. Server Jeparov bu galgi yigʼinga 24 nafar futbolchi chaqirdi. Quyida terma jamoamizning mashg’ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: