Bugun, 23-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durang natijani qayd edi. 45+1-daqiqada darvozamiz tomon penalti belgilandi va raqib futbolchisi Martin Boyl vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan Jaloliddin Masharipov va Azizbek Turg‘unboyevning sa’y-harakatlari evaziga 79-daqiqada hisob tenglashdi. Shu tariqa Srechko Katanes
Bugun, 18-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 4-daqiqada Abbosbek Fayzullayev Otabek Shukurovning uzatmasidan so‘ng bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeyev, birinchi taym yakunida esa Sherzod Nasrullayev gol urib, jamoamizning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa Srechko
Bugun, 13-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang natija qayd etdi. Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi milliy terma jamoamiz 1 ochko bilan “B” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 18-yanvar kuni Al-Rayyan shahridagi “Ahmad bin Ali” stadionida
O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarning Doha shahriga yetib bordi. Milliy jamoamiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini 13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da Suriya terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.
Bugun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressidan so’ng tadbirning ikkinchi qismida joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Futbolimiz faxriysi, ayni kunlarda muborak 90 yoshni qarshi olgan Lev Viktorovich Vaxtin “Oʻzbek futboli nuroniysi” sovriniga loyiq deb eʼtirof etildi. Sovrinni Farg’ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Nosir Otaqo’ziyev qabul qilib oldi. U koʻp yillar